FTP, SFTP va SSH

1 daqiqa o‘qish GitHub’da tahrirlash Markdown

Fayllarni FileZilla, WinSCP kabi dasturlar orqali yuklash uchun FTP akkaunt yaratasiz. Buyruq satri kerak bo‘lsa, SSH ishlatasiz.

FTP akkauntlar

FTP akkauntlar

Sayt sahifasidagi «FTP akkauntlar» plitkasini oching. Sahifa yuqorisida ulanish ma’lumotlari turadi: server manzili va FTP porti (21).

Akkaunt yaratish

  1. «Yangi akkaunt» tugmasini bosing.
  2. Login — kichik lotin harflari, raqamlar, _ va -; harf bilan boshlanadi (3–32 belgi).
  3. Sayt — akkaunt shu sayt egasi nomidan ishlaydi.
  4. Uy papkasi — akkaunt faqat shu papkani ko‘radi. Sayt papkasi yoki uning ichidagi papka bo‘lishi kerak.
  5. Ruxsatlar — Hammasiga ruxsat yoki Faqat o‘qish.
  6. Parolni kiriting yoki yarating va saqlang.

Akkauntni keyin tahrirlash, parolini almashtirish, vaqtincha o‘chirib qo‘yish yoki o‘chirish mumkin. Akkaunt o‘chirilsa, sayt fayllari o‘chmaydi.

Ulanish

Qiymat
Xost server IP manzili yoki domen
Protokol FTP (21-port, passiv rejim)
Login / parol yaratilgan akkaunt

FTP akkaunt yaratilgan fayllar sayt egasiga tegishli bo‘ladi — sayt ularni muammosiz o‘qiydi.

SFTP va SSH

SSH panel akkauntiga beriladi: administrator Tizim → Foydalanuvchilar bo‘limida akkaunt sozlamalaridagi «SSH orqali kirishga ruxsat» ni yoqadi. Shundan keyin:

  • Login — akkaunt saytlarining Linux foydalanuvchisi (akkaunt ro‘yxatida «SSH login» ko‘rinadi);
  • Parol — panel paroli bilan bir xil;
  • Port — server SSH porti (odatda 22).
ssh shop@SERVER_IP

SFTP uchun FileZilla yoki WinSCP’da protokolni SFTP qilib tanlang, xuddi shu login va parol ishlaydi.

SSH foydalanuvchisi himoyalangan muhitda ishlaydi: faqat o‘z uy papkasini ko‘radi va undan tashqariga chiqa olmaydi. Server bo‘ylab ishlash kerak bo‘lsa, administrator panel ichidagi Terminaldan root sifatida foydalanadi.

Noto‘g‘ri parol bilan ko‘p urinishlar fail2ban tomonidan bloklanadi — Panel sozlamalari va xavfsizlik.