Domenlar va DNS

2 daqiqa o‘qish GitHub’da tahrirlash Markdown

Sayt ochilishi uchun domen server IP manziliga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Buni ikki usulda qilasiz:

  1. Domen registratori yoki tashqi DNS xizmatida (masalan Cloudflare) A yozuvini qo‘shish — eng oddiy yo‘l.
  2. Shu serverni domenning DNS serveri qilish — panelda DNS zonasi yaratiladi va barcha yozuvlarni paneldan boshqarasiz.

1-usul: A yozuvi

Domen registratorining DNS boshqaruvida quyidagi yozuvlarni qo‘shing:

Nomi Turi Qiymati
@ A server IP manzili
www A server IP manzili

Pochta ishlatsangiz, MX, SPF, DKIM va DMARC yozuvlari ham kerak — ularni Pochta bo‘limi ko‘rsatadi: Pochta.

2-usul: panelda DNS zonasi

Domenlar va DNS

Serverda DNS serveri (BIND) o‘rnatilgan bo‘lishi kerak — Tizim → Ilovalar → bind9.

  1. Sayt sahifasida «Domenlar va DNS» plitkasini oching.
  2. «DNS zonasini yaratish» tugmasini bosing. Standart yozuvlar avtomatik qo‘shiladi:
    • sayt uchun A (@ va www);
    • pochta uchun mail, MX, SPF, DMARC (va pochta yoqilgan bo‘lsa DKIM);
    • ns1 va ns2.
  3. Domen registratorida domenning NS serverlarini ns1.<domen> va ns2.<domen> qilib ko‘rsating va ularning IP manzilini (glue yozuv) server IP’si deb kiriting. Panel aniq qiymatlarni sahifada ko‘rsatadi.
  4. NS o‘zgarishi internetga bir necha soatdan 48 soatgacha tarqaladi. Tekshirish: dig NS example.uz.

Yozuvlarni boshqarish

«Yozuv qo‘shish» tugmasi va satr menyusidagi tahrirlash/o‘chirish. Har bir yozuvning Nomi, Turi, Qiymati, TTL va kerak bo‘lsa Ustuvorlik maydonlari bor.

Turi Vazifasi
A Nom → IPv4 manzil. @ — domenning o‘zi, www — www.domen
AAAA Nom → IPv6 manzil
CNAME Nom boshqa nomning taxallusi. Domenning o‘ziga (@) qo‘yib bo‘lmaydi; oxiridagi nuqta to‘liq nomni bildiradi
MX Pochta serveri; kichik ustuvorlik raqami birinchi tanlanadi
TXT SPF, DKIM, DMARC, domen tasdiqlash kodlari
NS Domen yoki subdomenning DNS serverlari
SRV Xizmat manzili: og‘irlik port manzil
CAA Qaysi markaz SSL bera olishi, masalan 0 issue "letsencrypt.org"

Har saqlashda zona seriya raqami o‘zi oshadi. «Zonani o‘chirish» zonani butunlay olib tashlaydi — domen NS orqali shu serverga ulangan bo‘lsa, u ochilmay qoladi.