Yangilanishlar va xabarnomalar

1 daqiqa o‘qish GitHub’da tahrirlash Markdown

Avtomatik yangilanish

LivePanel o‘zini avtomatik yangilaydi — qo‘lda hech narsa qilish shart emas.

  • Server yangi versiyani har 6 soatda tekshiradi. Administrator panelga kirganda ham tekshiruv boshlanadi.
  • Yangi versiya livepanel.uz’dan yuklanadi va raqamli imzosi hamda nazorat summasi tekshiriladi — imzosiz yoki o‘zgartirilgan paket o‘rnatilmaydi.
  • O‘rnatilgandan keyin panel ishlashi tekshiriladi; muammo bo‘lsa, oldingi versiyaga avtomatik qaytadi.
  • Saytlar yangilanish paytida ishlashda davom etadi.

Joriy versiya kirish sahifasining pastida va chap menyuning pastida ko‘rinadi (masalan 2026.11.25).

Yangilanishni darhol ishga tushirish kerak bo‘lsa, serverda:

systemctl start livepanel-update.service

Yangilanish litsenziya faol bo‘lganda ishlaydi.

Email xabarnomalar

Panel muhim hodisalar haqida [email protected] manzilidan email yuboradi. Xat akkauntning tiklash emailiga keladi (Panel sozlamalari va xavfsizlik) va foydalanuvchi panelda tanlagan tilda yoziladi. Bir hodisa haqida qayta-qayta xat yuborilmaydi.

Hodisa Kimga
Akkauntga yangi IP manzildan kirildi akkaunt egasiga
Disk 90% dan ko‘p to‘ldi administratorga
Server xizmati to‘xtadi (Nginx, MySQL, PHP-FPM va boshqalar) administratorga
SSL sertifikat muddati 14 kundan kam qoldi sayt egasiga va administratorga
Akkaunt RAM limiti tufayli bloklandi akkaunt egasiga va administratorga

Xat kelmasa: tiklash emaili kiritilganini va «Spam» papkasini tekshiring.