Node.js ilovani GitHub’dan deploy qilish
Bu qo‘llanmada GitHub’dagi Express (yoki Next.js, NestJS) ilovani panelga ulaymiz: har git push dan keyin sayt o‘zi yangilanadi.
Kerak bo‘ladi: GitHub repozitoriy, serverga yo‘naltirilgan domen (masalan api.example.uz).
1. Ilovani tayyorlang
Panel ilovani sayt papkasidagi app.js fayli orqali ishga tushiradi va portni PORT muhit o‘zgaruvchisida beradi. Repozitoriy ildizida app.js bo‘lsin:
const express = require("express");
const app = express();
app.get("/", (req, res) => res.json({ ok: true }));
app.listen(Number(process.env.PORT), "127.0.0.1", () => {
console.log("listening on", process.env.PORT);
});
Next.js yoki NestJS bo‘lsa, app.js ni o‘zingiz yozishingiz shart emas: 2-qadamda saytni CMS / Framework → Node.js → Next.js (yoki NestJS) bilan yarating. Panel ilovani to‘g‘ri port va manzilda ishga tushiradigan app.js ni o‘zi yozadi. Git deploy repozitoriyda yo‘q fayllarni o‘chirmaydi, shuning uchun bu fayl joyida qoladi — repozitoriydagi kod bilan ishlayveradi.
package.json da kerakli paketlar bo‘lsin. node_modules ni repozitoriyga qo‘shmang.
2. Node.js sayt yarating
- Saytlar → «Sayt yaratish» → Node.js (Next.js va NestJS uchun — CMS / Framework → Node.js → Next.js / NestJS).
- Domen:
api.example.uz, kerakli Node.js versiyasi (boshqa versiyalar — Tizim → Ilovalar). - «Sayt yaratish».
3. Repozitoriyni ulang

-
Sayt sahifasida «Git» plitkasi.
-
Repozitoriy manzili:
- ochiq repo —
https://github.com/user/app.git; - yopiq repo —
[email protected]:user/app.gitva sahifadagi deploy kalitini GitHub’da Settings → Deploy keys ga qo‘shing.
- ochiq repo —
-
Branch:
main. -
Deploy’dan keyin buyruq:
npm ci --omit=dev || npm install --omit=devBuild kerak bo‘lsa (Next.js, NestJS, TypeScript):
npm ci && npm run build -
«Ulash va yuklab olish» (yopiq repoda — kalitni qo‘shgach «Deploy»).
Deploy logida har bir qadam ko‘rinadi; oxirida sayt xizmati qayta ishga tushadi. Batafsil — Git orqali deploy.
4. Muhit o‘zgaruvchilari
Maxfiy qiymatlarni (baza manzili, API kalitlar) repozitoriyga yozmang. Sozlamalar → Backend → Muhit o‘zgaruvchilari:
NODE_ENV=production
DATABASE_URL=mysql://app_user:parol@localhost:3306/app_db
JWT_SECRET=...
Saqlanganda ilova qayta ishga tushadi. Baza kerak bo‘lsa — Ma’lumotlar bazalari.
5. Har push’da avtomatik deploy
- Git sahifasidagi webhook manzilini nusxalang.
- GitHub: Settings → Webhooks → Add webhook — Payload URL: webhook manzili, Content type:
application/json, Just the push event. - Panel sertifikati o‘zi imzolangan bo‘lsa, SSL verification ni o‘chiring yoki panelga ishonchli sertifikat oling (Panel manzili va SSL).
Endi git push origin main dan bir necha soniya o‘tib sayt yangilanadi; deploy kim tomonidan ishga tushgani (webhook orqali) logda ko‘rinadi.
CI’dan (GitHub Actions va boshqalar) deploy’ni API orqali ham boshlash mumkin: POST /api/v2/git va {"domain":"api.example.uz","action":"deploy"} (Premium tarif).
6. SSL va tekshirish
- SSL sertifikatlar → Let’s Encrypt (SSL sertifikatlar).
https://api.example.uzni oching.
Muammo bo‘lsa
| Belgi | Nima qilish |
|---|---|
| Sayt 502 qaytaradi | Ilova ishga tushmagan: Loglar → Ilova logi. Ko‘pincha PORT o‘rniga qattiq yozilgan port yoki app.js yo‘q |
| Deploy «buyruq xato bilan tugadi» | Deploy logining oxiri — odatda npm xatosi yoki yetishmayotgan paket |
| Deploy 20 daqiqada to‘xtadi | Buyruqda npm start kabi to‘xtamaydigan buyruq bor — uni olib tashlang |
| O‘zgarish ko‘rinmayapti | Webhook GitHub’da yashil belgi bilanmi (Recent Deliveries) va branch to‘g‘rimi |
Batafsil — Python va Node.js saytlar.