O‘rnatish

2 daqiqa o‘qish GitHub’da tahrirlash Markdown

LivePanel toza serverga bitta buyruq bilan, odatda 5–10 daqiqada o‘rnatiladi.

Talablar

Minimal Tavsiya
Operatsion tizim Ubuntu 22.04 LTS, toza o‘rnatilgan Ubuntu 22.04 LTS
Protsessor 1 vCPU, x86_64 2 vCPU va ko‘proq
Tezkor xotira 1 GB 2 GB va ko‘proq
Disk 10 GB 20 GB va ko‘proq (SSD)
Kirish root yoki sudo huquqi —
Tarmoq ommaviy IP manzil —

Ochiq bo‘lishi kerak bo‘lgan portlar: 80 va 443 (saytlar va Let’s Encrypt), 6563 (panel), 22 (SSH). Pochta ishlatilsa — 25, 465, 587, 993, 995.

Serverda boshqa panel (cPanel, Plesk, ISPmanager va hokazo) yoki o‘rnatilgan Nginx/Apache sozlamalari bo‘lmasin. Toza server — muammosiz o‘rnatishning eng ishonchli yo‘li.

1. Serverga ulaning

Kompyuteringizdan serverga SSH orqali ulaning (Windows’da PowerShell yoki PuTTY, macOS va Linux’da Terminal):

ssh root@SERVER_IP

2. O‘rnatish buyrug‘ini bajaring

curl -fsSL https://livepanel.uz/install.sh | sudo bash

Skript quyidagilarni ketma-ket bajaradi va har bir qadamni ekranda ko‘rsatadi:

  1. LivePanel paketini yuklab oladi va uning imzosi hamda nazorat summasini tekshiradi;
  2. panelni o‘rnatadi;
  3. Nginx va PHP 8.1-FPM’ni o‘rnatadi;
  4. MySQL 8 va phpMyAdmin’ni o‘rnatadi;
  5. FTP/SFTP serveri (ProFTPD)ni o‘rnatadi;
  6. Let’s Encrypt mijozi (certbot) va Node.js LTS’ni o‘rnatadi;
  7. hosting agentini ishga tushiradi.

3. Kirish ma’lumotlarini saqlang

O‘rnatish tugagach, ekranda shunday yozuv chiqadi:

LivePanel is ready

  Address:   https://SERVER_IP:6563
  Login:     liveadmin
  Password:  ************

  Save this password now: it is shown only once and is not stored.

Parolni darhol saqlab qo‘ying — u faqat bir marta ko‘rsatiladi va serverda saqlanmaydi. Parol yo‘qolsa, serverda yangisini o‘rnatasiz:

passwd liveadmin

O‘rnatish logi /var/log/livepanel-install.log faylida turadi.

4. Panelni oching

Brauzerda https://SERVER_IP:6563 manzilini oching. Panel dastlab o‘zi yaratgan (self-signed) sertifikatdan foydalanadi, shuning uchun brauzer «Ulanish xavfsiz emas» deb ogohlantiradi — «Qo‘shimcha» → «Davom etish» ni bosing. Keyinchalik panelga ishonchli sertifikat yoki domen ulash mumkin: Panel manzili va SSL.

Login liveadmin va saqlangan parol bilan kiring — Birinchi kirish va interfeys.

Panelni o‘chirish

LivePanel va u o‘rnatgan hamma narsani olib tashlash uchun serverda:

livepanel-uninstall

Bu buyruq saytlar, bazalar va pochtani ham o‘chiradi. Avval kerakli ma’lumotlarning zaxira nusxasini oling.

Muammolar

  • «Ubuntu 22.04 LTS is required» — boshqa OS o‘rnatilgan. Serverni Ubuntu 22.04 bilan qayta o‘rnating.
  • Panel ochilmayapti — 6563-port provayderning tashqi firewall’ida yopiq bo‘lishi mumkin. Hosting provayderingiz boshqaruv panelidan portni oching.
  • O‘rnatish to‘xtab qoldi — /var/log/livepanel-install.log faylining oxirini ko‘ring va buyruqni qayta ishga tushiring.