Panel manzili va SSL
Panel dastlab https://SERVER_IP:6563 manzilida o‘zi yaratgan (self-signed) sertifikat bilan ochiladi va brauzer «xavfsiz emas» deb ogohlantiradi. Buni ikki usulda tuzatasiz.
1. Panel manzillari: domen orqali kirish

Sozlamalar → Panel manzillari (administrator uchun) — panelga IP o‘rniga domen orqali kirish, masalan https://panel.example.uz.
- Domenning A yozuvini server IP manziliga yo‘naltiring.
- «Manzil qo‘shish» ni bosing va domenni kiriting.
- Sertifikat turi:
- Let’s Encrypt — bepul ishonchli sertifikat, avtomatik yangilanadi;
- O‘z-o‘zidan imzolangan;
- Mavjud sertifikat — o‘z sertifikatingiz va yopiq kalitingizni (PEM) joylaysiz.
- Saqlang. Panel endi
https://panel.example.uzda ochiladi (port ko‘rsatish shart emas).
Let’s Encrypt sertifikat bera olmasa, vaqtincha o‘z-o‘zidan imzolangan sertifikat qo‘yiladi va sababi ko‘rsatiladi.
2. Panel SSL: IP manzil uchun sertifikat

Sozlamalar → Panel SSL — domen bo‘lmasa ham panel IP manzil orqali ishonchli sertifikat bilan ochiladi. Sertifikat Let’s Encrypt’dan IP manzilga olinadi.
- Bu livepanel.uz’ning pullik xizmati (oylik). Sahifadagi «livepanel.uz da sotib olish» tugmasi to‘lov sahifasini ochadi.
- To‘lovdan keyin «Sertifikat olish» ni bosing — panel 30 soniya ichida yangi sertifikatga o‘tadi.
- IP sertifikatlari qisqa muddatli (~6 kun): xizmat to‘langan davrda panel ularni o‘zi yangilaydi. Xizmat tugasa, panel o‘z sertifikatiga qaytadi va ochilaveradi.
- Tekshiruv 80-port orqali o‘tadi — u tashqaridan ochiq bo‘lishi kerak.
Panel porti
Panel 6563-portda ishlaydi. Provayderning tashqi firewall’ida bu port ochiq bo‘lishi kerak. Panel manzillari ishlatilsa, panel 443-port orqali ham ochiladi.