Loglar

1 daqiqa o‘qish GitHub’da tahrirlash Markdown

Loglar saytga kelgan so‘rovlar va xatolarni ko‘rsatadi — sayt ishlamay qolganda birinchi qaraladigan joy. Sayt sahifasidagi «Loglar» plitkasidan ochiladi (akkauntda «Sayt xizmatlari va loglari» ruxsati bo‘lishi kerak).

Loglar

Log turlari

Yorliq Nimani ko‘rsatadi
So‘rovlar logi Saytga kelgan har bir so‘rov: IP manzil, vaqt, sahifa, javob kodi, hajm, brauzer
Xatolar logi Nginx va PHP xatolari: topilmagan fayllar, ruxsat xatolari, PHP fatal error’lar
Ilova logi Node.js va Python saytlarda ilovaning o‘zi chiqargan matn (systemd journal) — ishga tushishdagi xatolar shu yerda

Oxirgi yozuvlar ko‘rsatiladi. «Yangilash» tugmasi logni qayta yuklaydi.

Xizmatni qayta ishga tushirish

Yuqorida saytning xizmati va holati ko‘rinadi (masalan, Faol). «Qayta ishga tushirish» tugmasi:

  • PHP saytda saytning PHP-FPM poolini qayta yuklaydi;
  • Node.js va Python saytda ilova xizmatini qayta ishga tushiradi — kod o‘zgargandan keyin shu tugmani bosasiz.

Javob kodlari

Kod Ma’nosi
200 So‘rov muvaffaqiyatli
301 / 302 Yo‘naltirish
403 Ruxsat yo‘q — sayt o‘chirib qo‘yilgan, IP bloklangan yoki papkada bosh sahifa yo‘q
404 Fayl topilmadi
500 Ilova xatosi — Xatolar logi yoki Ilova logini ko‘ring
502 Ilova ishlamayapti yoki javob bermayapti — Ilova logini ko‘ring
504 Ilova juda uzoq javob berdi

Loglarni yozishni sayt sozlamalarida o‘chirish mumkin — Sayt sozlamalari. Kirishlar logi o‘chirilsa, trafik statistikasi hisoblanmaydi.