Git orqali deploy

2 daqiqa o‘qish GitHub’da tahrirlash Markdown

Saytga GitHub, GitLab yoki boshqa Git repozitoriyni ulab, kodni bir bosishda — yoki har git push da avtomatik — saytga yuklaysiz. Sayt sahifasidagi «Git» plitkasidan ochiladi.

Git

Repozitoriyni ulash

  1. Repozitoriy manzili:

    • ochiq repozitoriy: https://github.com/user/project.git;
    • yopiq repozitoriy: [email protected]:user/project.git (pastdagi deploy kaliti kerak).
  2. Branch — masalan main yoki master.

  3. Deploy’dan keyin buyruq (ixtiyoriy) — fayllar yuklangach sayt papkasida bajariladi:

    Sayt turi Misol
    PHP composer install --no-dev --optimize-autoloader
    Node.js npm install && npm run build --if-present
    Python .venv/bin/pip install -r requirements.txt
  4. «Ulash va yuklab olish» ni bosing. Ochiq repozitoriyda fayllar darhol yuklanadi.

Yopiq repozitoriy: deploy kaliti

Panel saytga alohida deploy kaliti (SSH kalit) yaratadi va sahifada ko‘rsatadi. Uni repozitoriyga qo‘shing:

  • GitHub: repozitoriy → Settings → Deploy keys → Add deploy key → kalitni joylang (yozish ruxsati kerak emas).
  • GitLab: Settings → Repository → Deploy keys.

Keyin «Deploy» tugmasini bosing.

Deploy qanday ishlaydi

  1. Repozitoriydan tanlangan branch olinadi va sayt papkasiga yoziladi (git fetch + git checkout -f).
  2. Submodullar bo‘lsa, ular ham yangilanadi.
  3. Panelning boshlang‘ich sahifasi repozitoriyda bo‘lmasa, olib tashlanadi.
  4. Deploy’dan keyingi buyruq bajariladi.
  5. Node.js va Python saytlarda xizmat qayta ishga tushiriladi.

Repozitoriyda yo‘q fayllar o‘chmaydi — yuklangan rasmlar, .env, keshlar joyida qoladi. Hamma amallar sayt foydalanuvchisi nomidan bajariladi.

Buyruqda node, npm, npx, composer, php va saytning Python muhiti ishlaydi.

Deploy buyrug‘iga npm start kabi to‘xtamaydigan buyruqlarni yozmang — deploy 20 daqiqadan keyin xato bilan to‘xtaydi. Ilovani doimiy ishlatishni sayt xizmati bajaradi (Python va Node.js saytlar).

Webhook: har push’da avtomatik deploy

Sahifadagi webhook manzilini repozitoriyga qo‘shing:

  • GitHub: Settings → Webhooks → Add webhook — Payload URL: webhook manzili, Content type: application/json, voqea: Just the push event.
  • Panel sertifikati o‘zi imzolangan bo‘lsa, SSL verification ni o‘chiring (yoki panelga ishonchli sertifikat oling — Panel manzili va SSL).

Manzil maxfiy token saqlaydi — uni boshqalarga bermang. Yangilash tugmasi yangi manzil yaratadi (eskisi ishlamay qoladi).

Deploy natijasi

Sahifa pastida oxirgi deploy ko‘rinadi: holati, vaqti, kim ishga tushirgani (paneldan yoki webhook orqali), commit va to‘liq log. Xato bo‘lsa, logda qaysi qadam muvaffaqiyatsiz bo‘lgani yozilgan:

Xato Sababi
Repozitoriyni yuklab bo‘lmadi Manzil yoki branch noto‘g‘ri, yopiq repoda deploy kaliti qo‘shilmagan
Deploy’dan keyingi buyruq xato bilan tugadi Buyruq xatosi — logning oxirini ko‘ring

«Uzish» Git sozlamasini olib tashlaydi; sayt fayllari va .git papkasi joyida qoladi.