Panel sozlamalari va xavfsizlik

2 daqiqa o‘qish GitHub’da tahrirlash Markdown

Akkaunt menyusidagi Sozlamalar sahifasida panel va akkaunt xavfsizligi sozlanadi. Bo‘limlar ro‘yxati rolga qarab o‘zgaradi.

Xavfsizlik: parolni o‘zgartirish

Xavfsizlik

Amaldagi parol va yangi parolni (6–72 belgi) kiriting. Saqlangach panelga yangi parol bilan qaytadan kirasiz.

Ikki bosqichli kirish (2FA)

Ikki bosqichli kirish

Parolga qo‘shimcha ravishda telefondagi ilova (Google Authenticator, Microsoft Authenticator, Aegis va boshqalar) beradigan 6 xonali kod so‘raladi. Parol o‘g‘irlansa ham akkauntga kirib bo‘lmaydi.

  1. «2FA ni yoqish» ni bosing.
  2. Ilovada QR kodni skanerlang (yoki maxfiy kalitni qo‘lda kiriting).
  3. Ilova ko‘rsatgan kodni kiriting va «Tasdiqlash va yoqish» ni bosing.
  4. Zaxira kodlarni saqlab oling — telefon yo‘qolsa, shulardan biri bilan kirasiz (har biri bir marta ishlaydi, boshqa ko‘rsatilmaydi).

Telefonni ham, kodlarni ham yo‘qotgan foydalanuvchi uchun administrator Foydalanuvchilar bo‘limida 2FA’ni o‘chiradi.

Avtorizatsiya: tiklash emaili

Tiklash emaili

Parolni tiklash uchun email — parol esdan chiqsa, kirish sahifasidagi «Parolni unutdingizmi?» shu manzilga tiklash havolasini yuboradi ([email protected] dan, 30 daqiqa amal qiladi). Panel xabarnomalari ham shu manzilga keladi.

Login himoyasi (administrator)

Login himoyasi

Bitta IP manzildan belgilangan vaqt ichida shuncha marta noto‘g‘ri parol kiritilsa, u bloklanadi. Chegara panelga, SSH, FTP va pochtaga (fail2ban orqali) qo‘llanadi.

  • Urinishlar soni, Vaqt oralig‘i (daqiqa), Blok muddati (daqiqa).
  • Oq ro‘yxat — hech qachon bloklanmaydigan IP lar; «Mening IP manzilimni qo‘shish» tugmasi bilan o‘zingizni qo‘shing.
  • Bloklangan IP manzillar — qaysi xizmatda bloklangani; «Blokdan chiqarish».
  • Himoyalangan xizmatlar (fail2ban) — har bir xizmat bo‘yicha xatolar va bloklar soni. fail2ban o‘rnatilmagan bo‘lsa, uni Ilovalar bo‘limidan o‘rnating.

Brending (administrator va reseller)

Brending

  • Panel nomi (40 belgigacha), Asosiy rang va Logotip (PNG, JPEG, WebP yoki GIF, 1 MB gacha).
  • Administrator brendi butun panel uchun standart: kirish sahifasida va o‘z brendini sozlamagan resellerlarda ko‘rinadi.
  • Reseller brendini u yaratgan foydalanuvchilar ko‘radi.
  • «Standartga qaytarish» LivePanel ko‘rinishini tiklaydi.

Boshqa bo‘limlar