Litsenziya va tariflar
Panel ishlashi uchun shu o‘rnatishga tegishli litsenziya kerak. Litsenziya livepanel.uz’da beriladi va server IP manziliga bog‘lanadi.

Tariflar
| Free | Pro | Premium | |
|---|---|---|---|
| Narxi | Bepul, muddatsiz | Oylik to‘lov | Oylik to‘lov |
| Saytlar, bazalar, pochta, SSL, zaxira, Git va boshqa barcha asosiy funksiyalar | ✅ | ✅ | ✅ |
| Akkauntlar bo‘yicha domen, disk, RAM, baza va reseller limitlari | — | ✅ | ✅ |
| Hosting avtomatizatsiyasi API (tokenlar) | — | — | ✅ |
Joriy narxlar: livepanel.uz → Narxlar.
Free litsenziyani faollashtirish
- Panelda Tizim → Litsenziya sahifasini oching.
- Free kartasida «Free’ni aktivlashtirish» tugmasini bosing.
- livepanel.uz sahifasi ochiladi: hisobingizga kiring (yoki ro‘yxatdan o‘ting) va tasdiqlang.
- Litsenziya panelga avtomatik yuboriladi — panel sahifasini yangilang.
Pro yoki Premium sotib olish
- Tizim → Litsenziya sahifasida kerakli tarif kartasini bosing.
- livepanel.uz’da to‘lov sahifasi ochiladi — server manzili avtomatik to‘ldirilgan bo‘ladi.
- To‘lovdan so‘ng litsenziya panelga avtomatik o‘rnatiladi, kalit kiritish shart emas. Panel uni bir necha daqiqada o‘zi ham tekshirib oladi.
Litsenziyani livepanel.uz kabinetidagi Kalitlar bo‘limidan ham ko‘rasiz, uzaytirasiz va boshqarasiz.
Muddat tugasa
- Muddat tugashiga 5 kun qolganda kabinetda ogohlantirish chiqadi.
- Muddat tugasa, panel funksiyalari vaqtincha to‘xtaydi, saytlar esa ishlashda davom etadi.
- Uzaytirish uchun Litsenziya sahifasidagi «Uzaytirish» ni bosing. To‘lovdan keyin «Qayta tekshirish» tugmasi yangi kalitni darhol oladi.
Serverni ko‘chirish
Litsenziya bitta IP manzilga bog‘langan. Panelni boshqa serverga o‘tkazsangiz, livepanel.uz kabinetidagi Kalitlar bo‘limida litsenziyani yangi serverga ko‘chiring. Eski server 24 soatdan ortiq ishlamasa, litsenziya yangi serverga o‘zi o‘tadi.
Panel «Litsenziya boshqa serverga bog‘langan» desa — xuddi shu holat: kabinetda ko‘chirish tugmasini bosing.