Savollar va muammolar

2 daqiqa o‘qish GitHub’da tahrirlash Markdown

Panel

Panel ochilmayapti. Serverda xizmatlar holatini tekshiring: systemctl status livepanel livepanel-agent. 6563-port provayderning tashqi firewall’ida ochiqligini tekshiring. Panel firewall’i SSH va panel portini hech qachon yopmaydi.

Administrator paroli esdan chiqdi. Tiklash emaili kiritilgan bo‘lsa — kirish sahifasidagi «Parolni unutdingizmi?». Bo‘lmasa, serverda SSH orqali: passwd liveadmin.

IP manzilim bloklandi. Bir necha daqiqadan keyin blok o‘zi ochiladi. Shoshilinch bo‘lsa, boshqa IP’dan (masalan telefon interneti orqali) kirib Sozlamalar → Login himoyasi da blokdan chiqaring va IP’ingizni oq ro‘yxatga qo‘shing.

Telefon yo‘qoldi, 2FA kodi yo‘q. Zaxira kodlardan birini kiriting. Ular ham yo‘q bo‘lsa, administrator Foydalanuvchilar bo‘limida akkaunt uchun 2FA’ni o‘chiradi.

«Litsenziya muddati tugagan» / «Litsenziya boshqa serverga bog‘langan». Litsenziya va tariflar — uzaytirish yoki litsenziyani yangi serverga ko‘chirish.

Saytlar

Sayt ochilmayapti, «sayt topilmadi» yoki boshqa sayt ochiladi. Domen A yozuvi server IP manziliga qaratilganini tekshiring: nslookup example.uz. DNS o‘zgarishi bir necha soat tarqalishi mumkin.

403 Forbidden. Sayt o‘chirib qo‘yilgan, IP «Saytga kirish» bo‘limida bloklangan yoki papkada bosh sahifa (index.php / index.html) yo‘q.

500 yoki 502 xato. Loglar → Xatolar logi (PHP) yoki Ilova logi (Node.js, Python) ni oching — sabab shu yerda. 502 — ilova ishlamayapti yoki boshqa portda tinglayapti.

PHP’ga katta fayl yuklanmayapti. Sozlamalar → Backend → PHP sozlamalari da upload_max_filesize va post_max_size ni oshiring.

SSL sertifikat olinmadi. SSL sertifikatlar → «Sertifikat olinmasa».

Saytni boshqa serverga ko‘chirish. Eski serverda zaxira nusxani Google Drive yoki Dropbox’ga yuboring, yangi serverda xuddi shu omborni ulab nusxani «Serverga olish» bilan oling va tiklang — Zaxira nusxalar. Yoki nusxani yuklab olib, yangi serverga yuklang.

Pochta

Gmail’ga xat ketmayapti. Provayder chiquvchi 25-portni yopgan bo‘lishi mumkin — panel bu haqda ogohlantiradi. Provayderga murojaat qiling.

Xatlar spamga tushyapti. SPF, DKIM, DMARC yozuvlari va serverning PTR (reverse DNS) yozuvini tekshiring — Pochta.

Disk va resurslar

Disk to‘lib qoldi. Fayllar → Disk statistikasi eng katta papka va fayllarni ko‘rsatadi. Eski zaxira nusxalar, loglar va keshlarni tozalang; avtomatik zaxirada saqlanadigan nusxalar sonini kamaytiring.

Akkaunt «RAM blok» bo‘ldi. Saytlar RAM limitidan oshgan. Limitni oshiring yoki saytni optimallashtiring, keyin akkauntni tahrirlab «Akkaunt faol» ni yoqing — Foydalanuvchilar, rollar va limitlar.

Panelni o‘chirish

Serverda: livepanel-uninstall. Bu saytlar, bazalar va pochtani ham o‘chiradi — avval zaxira oling.

Yordam

Javob topilmasa, livepanel.uz’dagi aloqa ma’lumotlari orqali murojaat qiling. Murojaatda panel versiyasi, xato matni va tegishli log qatorlarini yozing.