Server buyruqlari

1 daqiqa o‘qish GitHub’da tahrirlash Markdown

Serverda SSH orqali, root sifatida, livepanel buyrug‘i ishlaydi. Mavjud buyruqlar ro‘yxati:

livepanel --help
Buyruq Vazifasi
livepanel ip-access on Panelga IP orqali kirishni yoqish — 6563-port hamma uchun ochiq
livepanel ip-access off Panel faqat panel manzillari orqali ochiladi — 6563-port tashqaridan yopiladi
livepanel ip-access status IP orqali kirish holatini ko‘rsatish
livepanel passwd NAME Panel akkauntiga yangi parol o‘rnatish
livepanel remove LivePanel’ni va u o‘rnatgan hamma narsani o‘chirish
livepanel --help Buyruqlar ro‘yxati

Noma’lum buyruq kiritilsa, terminal buni aytadi va ro‘yxatni livepanel --help orqali ko‘rish mumkinligini eslatadi.

IP orqali kirish

livepanel ip-access off

6563-port tashqaridan yopiladi va panel faqat o‘z manzili orqali ochiladi, masalan https://panel.example.uz. Serverning o‘zidan (127.0.0.1) kirish ochiq qoladi. Buyruq Let’s Encrypt yoki o‘z sertifikati bor panel manzili bo‘lsagina ishlaydi — bunday manzil bo‘lmasa, IP orqali kirish yoqilganicha qoladi.

Panel manzili ishlamay qolsa (DNS, domen muddati va hokazo), IP orqali kirishni qayta yoqing:

livepanel ip-access on

Xuddi shu sozlama panelda ham bor: Sozlamalar → Panel manzillari → IP orqali kirish.

Panel paroli

livepanel passwd liveadmin

Yangi parol so‘raladi. Bo‘sh qoldirilsa, panel parolni o‘zi yaratib, ekranga chiqaradi.

Panelni o‘chirish

livepanel remove

Saytlar va ularning fayllari, ma’lumotlar bazalari, pochta, SSL sertifikatlar, zaxira nusxalar, veb, baza, FTP va pochta serverlari hamda Ilovalar bo‘limidan o‘rnatilgan dasturlar o‘chiriladi. Buyruq uch marta tasdiq so‘raydi: «Ha», ekranda ko‘rsatilgan bir martalik kod va yana bir «Ha».

Bu amalni qaytarib bo‘lmaydi. Avval kerakli ma’lumotlarning zaxira nusxasini oling — Zaxira nusxalar.